Fargʻona va Andijonda imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan shaxslar va hokim yordamchisi aniqlandi

11:25 14 Yanvar 2023 Jamiyat
980 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “I.” MFY boʻyicha hokim yordamchisi A.X. aholiga imtiyozli kredit olish uchun tavsiya qilish vakolati berilganligidan foydalanib, “Sh.» XK rahbari I.I. va fuqaro T.T. (firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) va boshqalar bilan oʻzaro til biriktirib, soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali ushbu MFYda yashamaydigan 2 nafar fuqaro nomiga jami 61,5 mln soʻm imtiyozli kredit ajratishga erishib, ushbu mablagʻlarini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Asaka tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan M.H., “N.” MFY boʻyicha hokimning sobiq yordamchisi M.J. bilan oʻzaro til biriktirib, 2022-yilning avgust-oktyabr oylarida 7 nafar fuqaroga parrandachilik bilan shugʻullanish uchun 229,7 mln soʻm imtiyozli kredit ajratishga erishib, taʼminotchi korxonalardan tovuqlarni qabul qilib olishib, fuqarolarga yetkazib bermaganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 168-moddasi (firigarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?