Fargʻona tumanida turizm maskani ish boshladi

Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona tumanining Chimyon qishlogʻida joylashgan sanatoriy-kurort maskanlari, soʻlim tabiat bagʻridagi oromgohlar va dam olish joylari butun mamlakatimizda mashhur.
— Fargʻona tumanining Shohimardon va Yordon, Vodil qishloqlari turizmni rivojlantirish uchun juda qulay hisoblanadi, — deydi Fargʻona viloyati turizm va madaniy meros boshqarmasi axborot xizmati rahbari Bahodir Hoshimov. — Shu bilan birga Chimyon, Mindon, Xonqiz qishloqlarida bu borada katta imkoniyat mavjud. Ayni jarayonda tumanning yana bir oʻziga xos hududi – Avval turizm qishlogʻi sifatida eʼtirof etilib, amaliy ishlarga kirishildi.
Shu kunlarda “Yuqori Archa” MFY hududida faoliyat boshlagan “Chimyon shabbodasi” turizm va eko dam olish maskani tumanning turizm salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Umumiy qiymati 26,7 mlrd. soʻmdan ziyod boʻlgan va 12 ta maskandan iborat turizm majmuasi loyihasining bir qismi boʻlgan “Chimyon shabbodasi”ni tashkil etishga 2,5 mlrd. soʻm mablagʻ sarflandi.
2023-yili majmua toʻliq ishga tushishi natijasida xizmat koʻrsatish sohasida 250 ga yaqin doimiy ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Botir Madiyorov,“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring