Fargʻona shahrida “Zamin” fondi “Raqamli avlod” loyihasi doirasida mahorat darsi oʻtkazdi

20:15 08 Avgust 2022 Jamiyat
401 0

Foto: Xalq so‘zi

Fargʻona shahridagi Prezident maktabida “Zamin” fondi va “Digital Generation Uzbekistan” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan “Raqamli avlod” loyihasi doirasida robototexnika  dasturlash boʻyicha mahorat darslari oʻtkazildi.

Tadbirda Quvasoy shahridagi 90-kar bolalar uchun ixtisoslashgan maktab-internatining 48 nafar hamda 20 nafar viloyatdagi oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, shuningdek, Fargʻona shahrida joylashgan Prezident maktabining 24 nafar oʻquvchilari qatnashdi.

— Mahorat darslari oʻquvchilarning IT sohasi va zamonaviy kasblarga qiziqishi, bilim olishga boʻlgan intilishi hamda oʻzlariga boʻlgan ishonch tuygʻusini kuchaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir, — deydi Fargʻona shahridagi Prezident maktabi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Maftuna Odilxoʻjayeva. – Misol uchun, mashgʻulotlardan soʻng 6 - “Blue" sinfi oʻquvchisi Muhammadbobur Abdumannobov mustaqil ravishda kompyuterda yangi dasturlar tayyorlashga kirishdi.

Loyiha doirasidagi mashgʻulotlardan soʻng faol oʻquvchilarga maxsus sovgʻalar hamda xalqaro sertifikat tantanali ravishda topshirildi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?