Fargʻona shahrida ikki qavatli uylar oʻrnida zamonaviy koʻp qavatli turar-joylar barpo etiladi

19:39 07 Dekabr 2021 Jamiyat
1314 0

Foto: "Xalq so'zi"

Maʼlumki, koʻp qavatli uylar soni koʻpligi boʻyicha Fargʻona shahri mamlakatimiz shaharlari ichida yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Ayni paytda shahar aholisining bir qismi maʼnan eskirgan ikki qavatli uylarda yashayotgani, ushbu uylarda bir qator muammolar yigʻilib qolganligi ham ayni haqiqatdir.

Shu bois rennovatsiya dasturi doirasida viloyatning bosh kentida ikki qavatli uylar oʻrnida zamonaviy shaharsozlik meʼmorchiligi anʼanalari asosida koʻp qavatli turar-joylar qurilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu maqsadda Fargʻona shahridagi Al Fargʻoniy, A. Muhammadiyev, Sakkokiy, S. Qosimov, Mustaqillik va Xoʻjand koʻchalarida eski turar-joy binolari oʻrnida 7, 9, 12 qavatli uylar qurilishi uchun loyihalar tayyorlandi.

Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bunyod etilishi rejalashtirilgan yangi uylar loyihalari bilan tanishib, quruvchilar, aholi vakillari bilan suhbatlashdi. Qurilayotgan koʻp qavatli uylarda yashovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari barpo etish muhimligiga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, aholini rozi qilish maqsadida ikki qavatli uylarda yashovchilarga mavjud xonadonidan ham koʻproq kvadrat metrdan iborat yangi uylar berish kerakligi, qurilish ishlari tugagunga qadar bu yerda yashovchilar uchun vaqtinchalik turar joy masalasini hal qilish zarurligi taʼkidlandi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.        

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?