Fargʻona shahrida fermer xoʻjaligining yer maydonini sotmoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

21:05 23 Iyul 2021 Jamiyat
234 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona shahar boʻlimi tomonidan DXXning viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.M. “H.” fermer xoʻjaligiga bogʻdorchilik yoʻnalishi uchun ajratilgan 4,75 gektar yer maydonini firibgarlik yoʻli sotishni rejalashtirib, fuqaro M.ga hujjatlarni uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan kelishilgan 11 000 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?