Fargʻona shahar bosh imom-xatibi nega sudya va sud xodimlari bilan uchrashdi?

15:37 07 May 2021 Jamiyat
345 0

Fargʻona viloyat sudlarida faoliyat yuritib kelayotgan sudya va sud xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish, sud tizimida bu kabi holatlarga yoʻl qoʻymaslik mavzusida Fargʻona shahar bosh imom-xatibi Joʻrabek qori Rahmonov ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Yuzma-yuz muloqotda viloyat sudi raisi Shuhrat Kamolov mamlakatimizda sud-huquq tizimini isloh qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida samarali tizim yaratilayotganligini taʼkidlab oʻtdi.

— Korrupsiya islohotlar yoʻlidagi jiddiy toʻsiq, davlatimizning milliy xavfsizligiga tahdid, — dedi Joʻrabek qori Rahmonov. – Shu bois ushbu toifadagi jinoyatchilarga nisbatan qatʼiy choralar koʻrish, bu jirkanch illat qonuniy jihatdan ham, diniy tomondan ham qattiq qoralanishini barchamiz yaxshi anglab yetishimiz kerak.

Tadbirda sudya va sud xodimlari har oyda kamida bir marotaba shu kabi uchrashuvni tashkil etish tashabbusini ilgari surishdi.

Botir Madiyorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?