Fargʻona osmonida dronlar nur sochdi

20:26 21 Yanvar 2021 Jamiyat
352 0

Fargʻona shahridagi Islom Karimov nomli viloyat Teatr-konsert saroyi xiyobonida 500 ga yaqin uchuvchisiz qurilmalar yordamida dronlar shousi tantanalari boʻlib oʻtdi.

Fargʻona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Kadastr agentligining geinnovatsiya markazi hamda bir qator hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan oʻtkazilgan bayram tadbiri ishtirokchilarga olam-olam zavq ulashdi.

— Fayzli oqshomda samolarda million jilva bilan nur taratgan sharqona muchal shakllari, oʻzbek, rus va ingliz tillarida namoyish etilgan Yangi yil bayrami tabriklari xuddi ertaklar dunyosiga tushib qolgandek taassurot uygʻotdi, — deydi tadbir qatnashchilaridan biri Alisher Roziqov. — Tinch-osoyishta yurtga mana shunday bayramlar yarashadi. Xalqimizning bu kabi unutilmas shodiyonalari koʻp boʻlaversin!..

B. Madiyorov,
“Xalq soʻzi”  

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?