Fargʻona kasb-hunar maktablarida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan sheriklikda yangi loyihalar amalga oshiriladi

Foto: Xalq so‘zi
Maʼlumki, ayni paytda mamlakatimizda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan “Oʻzbekistonda professional taʼlim tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasiga koʻra oʻzaro hamkorlikda keng koʻlamli saʼy-harakatlar olib borilmoqda.
Loyiha doirasida xalqaro ekspert Yoaxim Lenspnk (Yoaxim Lensnpnq) Fargʻona viloyatida boʻlib, kasb-hunar maktablari faoliyati bilan tanishdi. Xususan, Margʻilon shahridagi 2-sonli kasb-hunar maktabida ustozlar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari va oʻquvchilar bilan suhbatlashgan ekspert nazariy va amaliy bilimlarni yanada mustahkamlash borasida oʻz tavsiyalarini berdi.
— Hozirgi kunda viloyatimizdagi 76 ta professional taʼlim muassasasida tadbirkorlikni rivojlantirish, xizmat koʻrsatish va mahsulot ishlab chiqarish hajmini kengaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan, — deydi Fargʻona viloyati kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshligʻi Toʻychiboy Boymatov. — Bu borada xorij tajribasidan foydalanish juda muhim. Shu bois ushbu jarayonda dunyoning eng rivojlangan davlatlari, xususan, Germaniyaning taʼlim tizimida ixtisoslashgan sohaviy xizmatlari bilan faol hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda. Kasb-hunar maktablarida nazariy va amaliy bilimlarni oʻzaro uygʻunlashtirish hamda zamonaviy hunarlarni oʻrgatish orqali oʻrta boʻgʻinda raqabotbardosh mutaxassislar tayyorlash bunda asosiy maqsadimizga aylangan.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring