Fargʻona aeroportida samolyotning gʻildiragi chiqib ketdi

10:24 13 Mart 2025 Jamiyat
109 0

Kecha, 12-mart kuni Fargʻona xalqaro aeroportida Novosibirskdan S7-5561 reysi bilan uchgan “S7 Airlines” (Rossiya) aviakompaniyasining “Boeing 737-800” samolyoti uchish-qoʻnish yoʻlagida qolib ketdi. Bu haqda “Авиаторщина” xabar berdi.

Qayd etilishicha, samolyot qoʻngandan soʻng, uchish-qoʻnish yoʻlagida harakatlanish vaqtida oʻng asosiy shassidagi tashqi gʻildirak chiqib ketgan. Ekipaj komandiri samolyotni toʻxtatib, muhandis-texnik xodimlarni chaqirgan. Havo kemasini koʻzdan kechirish chogʻida gʻildirakni ushlab turuvchi murvatlardan bir qanchasi yetishmayotgani aniqlangan.

Shundan soʻng, yoʻlovchilar uchish-qoʻnish yoʻlagiga tushirilib, yuklari bilan birga aeroport terminaliga yetkazilgan. “Boeing 737” samolyoti parvozdan chetlatilgan va bir necha soatdan keyin perronga olib borilgan.

Taʼkidlanishicha, Fargʻona aeroporti yagona uchish-qoʻnish yoʻlagi toʻsilib qolgani sababli vaqtincha yopilgan. Shu sababli Vnukovodan Fargʻonaga parvoz qilgan “Utair” aviakompaniyasining “Boeing 737” samolyoti Toshkent aeroportiga qoʻnishga majbur boʻlgan.

Aviakompaniya matbuot xizmatiga koʻra, Novosibirskdan Oʻzbekistonga qaytish reysini amalga oshirish uchun zaxira samolyoti yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер