Faoliyatga bir nazar...

Har qanday davlat va jamiyat taraqqiyotida qonunlar alohida oʻrin tutadi. Shu maʼnoda qonun hujjatlaridagi har bir normani zamonaviy va ilgʻor ilmiy konsepsiyalar bilan asoslantirish koʻplab rivojlangan davlatlarning parlament faoliyatida keng qoʻllaniladi.
Yurtimizda ham soʻnggi yillarda milliy parlamentimiz – Oliy Majlis palatalari faoliyatini ilmiy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Darhaqiqat, parlament va qonun ijodkorligi faoliyatining samaradorligi, parlament nazorati funksiyasining natijadorligi ilmiy omilning bu boradagi oʻrni va roliga bevosita bogʻliq.
Asosiy maqsadi parlamentni ilmiy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlashdan iborat boʻlgan Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan bu borada qanday faoliyat olib borilyapti?
Bu borada Institut tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida qonunchilik muammolarini va huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish yoʻnalishida qonun loyihalari yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 28 ta ilmiy xulosa taqdim etildi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi; “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida»gi; “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi; “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimi takomillashtirilayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi; “Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi; “Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi; “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi; “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi; “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi; “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi; “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi; “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi; “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi; “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi; “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi; “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi; “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi; “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi; “Raqobat toʻgʻrisida”gi; “Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihalari shular jumlasidan.
Oliy Majlis Senatiga amaldagi qonunlarning monitoringini amalga oshirishga doir ishlarda koʻmaklashilib, bu jarayonda 23 ta, shu jumladan, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi; “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi; “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi; “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi; “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi; “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi; “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi; “Ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar toʻgʻrisida”gi; “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish toʻgʻrisida”gi; “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi; “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qonunlarning amaldagi ijro holati boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, deputatlar va senatorlar faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash, ularning professionallik darajasini oshirishga koʻmaklashish yoʻnalishida Institut tomonidan parlamentariylar soʻroviga asosan quyidagi masalalarda jami 82 ta axborot-tahliliy maʼlumot tayyorlanib, 22 tasi Qonunchilik palatasiga, 27 tasi Senatga va 33 tasi boshqa davlat organlariga taqdim etildi.
Hisobot davrida Institut tomonidan parlament palatalarining 2 ta qarori loyihalari ishlab chiqilishida koʻmaklashildi. Oliy Majlis palatalarining faoliyatini takomillashtirishga doir, jumladan, Qonunchilik palatasi majlislarini jonli efirga uzatishga doir ishlar sifati va samaradorligini oshirish, deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishni yanada takomillashtirish, qonun loyihasini Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritishgacha boʻlgan jarayon samaradorligini oshirish, deputat soʻrovini yuborish institutini takomillashtirish va bunda fraksiyalar rolini oshirish, Qonunchilik palatasida “hukumat soati” institutini oʻtkazish tartibini takomillashtirish masalalari yuzasidan 7 ta axborot-tahliliy maʼlumotnoma tayyorlanib, taqdim etildi.
Parlamentarizm, xalqaro parlamentlararo tashkilotlar va xorijiy parlamentlar ishi tajribasini oʻrganish natijalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining faoliyatini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish yoʻnalishida Oliy Majlis palatalariga MDH Parlamentlararo Assambleyasining 115 ta model qonunlari va boshqa hujjatlar loyihalari yuzasidan ilmiy asoslantirilgan taklif va tavsiyalar berildi.
Xususan, “Sunʼiy intellektdan foydalanishni, shu jumladan, tadqiqot va ishlanmalar uchun axloqiy standartlarni normativ tartibga solish boʻyicha tavsiyalar”, “Taʼlim sohasida raqamlashtirishni normativ tartibga solish boʻyicha tavsiyalar”, “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat subyektlarini davlat attestatsiyasi (akkreditatsiyasi) toʻgʻrisida”gi, “Ilmiy va ilmiy-texnik ekspertiza toʻgʻrisida”gi, “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Chegara qoʻshinlari (kuchlari) toʻgʻrisida”gi, “Tamaki tutunining zararli taʼsiridan fuqarolar salomatligini saqlash haqida”gi, «
Xalqaro hamkorlik yoʻnalishida Institut rahbariyati tomonidan xalqaro va xorijiy tashkilotlar vakillari bilan hamkorlik aloqalariga tegishli masalalar yuzasidan 7 marotaba uchrashuv tashkil etildi.
Tahririyat-nashriyot faoliyatida joriy yilning oʻtgan davrida qonunchilik muammolari va norma ijodkorligi sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot materiallari, ilmiy maqolalar, milliy va xorijiy qonunchilikning qiyosiy tahlili eʼlon qilinadigan “Qonunchilik muammolari axborotnomasi” davriy nashrining 2022-yildagi 3 ta soni nashrdan chiqarildi.
Institut tashabbusi bilan “Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar parlamentlari”, “Aholi ishtirokida tumanni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish” va “Gender-huquqiy ekspertiza” nomli 3 ta ilmiy-amaliy qoʻllanma tayyorlandi.
Institut tomonidan tayyorlangan va chop etilgan barcha nashrlarning elektron shakli kelgusi faoliyatda foydalanish uchun parlament palatalari kutubxonalariga, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga va u orqali hududlardagi axborot-resurs markazlariga, respublikamizdagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga bepul tarqatildi.
Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida ham Institut jamoasi faol ishtirok etmoqda. Shuningdek, 9 nafar ilmiy xodim Konstitutsiyaviy komissiyaning Takliflar bilan ishlash guruhi, 4 nafar ilmiy xodim Konstitutsiyaviy komissiyaning Yigʻma axborot-tahlil guruhi huzuridagi Ekspertlar guruhi tarkibida samarali faoliyat yuritib kelishmoqda.
Joriy yilning 26-may — 18-iyul kunlari davomida Institut jamoasining jami 181 ta taklifi (shundan 112 tasi birinchi bosqichda, 69 ta taklif ikkinchi bosqichda) Konstitutsiyaviy komissiyaga yuborildi. Institut xodimlari konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan, shu jumladan, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi targʻiboti yuzasidan 100 ga yaqin targʻibot tadbirlarida maʼruza bilan ishtirok etishdi.
Xalq bilan muloqot yoʻnalishida oʻtgan davr davomida “Mening fikrim” veb-portaliga fuqarolar tomonidan 647 ta elektron jamoaviy murojaat kelib tushgan boʻlib, ulardan taʼlim, qurilish, tadbirkorlik, turizm,
Ochiqlikni taʼminlash yoʻnalishida Institut xodimlari 688 marotaba turli tadbirlar (365 ta oflayn va 323 ta onlayn shakl)da ishtirok etib, qonunchilikdagi dolzarb masalalarga bagʻishlab oʻtkazilgan 107 ta davra suhbati va ilmiy seminarlarda oʻz maʼruzalari bilan qatnashishdi. Institut xodimlarining markaziy bosma, elektron va xalqaro nashrlarda qonunchilikdagi dolzarb masalalar va amaldagi islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan 138 ta ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari eʼlon qilindi. Amalga oshirilgan ishlar
Institutning ijtimoiy tarmoqlar (Facebook va Telegram)dagi sahifalari orqali aholining keng qatlamiga qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy-ijtimoiy masalalar boʻyicha axborotlar berib borilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, bugungi sarhisob natijalari kelgusi faoliyatimiz samaradorligi yoʻlida muhim mezon boʻlib xizmat qiladi.
Foziljon OTAXONOV,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi
Qonunchilik muammolari va parlament
tadqiqotlari instituti direktori,
yuridik fanlar doktori, professor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring