Faoliyat samaradorligi yuqori baholangan sektor rahbarlari ragʻbatlantirildi

16:16 22 Fevral 2023 Jamiyat
494 0

Foto: Xalq so‘zi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi qaroriga asosan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati filiali tomonidan shahar va tuman sektorlari rahbarlari faoliyat samaradorligi tegishli tartibda baholanib borilmoqda.

Viloyat hokimligida barcha shahar va tuman sektorlari rahbarlari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda 2022-yil yakuni boʻyicha sektor rahbarlari faoliyati samaradorligining reyting natijalari eʼlon qilindi.

Natijaga koʻra, Xiva shahar 3-sektori rahbari Botir Otajanov 93,2 ball, Yangiariq tumani 1-sektori rahbari Anvar Davletov hamda Urganch tumani 2-sektori rahbari, hozirda Yangibozor tumani hokimi Ruslan Jumaniyazov 91,8 ball bilan reyting jadvalining yuqori pogʻonalarini egalladilar.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʻrabek Raximov yuqori natijalarga erishgan sektor rahbarlarini tabriklab, tegishli sertifikat, pul mukofotlari va esdalik sovgʻalarini topshirdi. Shuningdek, eng muhim samaradorlik koʻrsatgichlari boʻyicha yaxshi natijalarga erishgan shahar va tuman hokimlarining oʻrinbosarlaridan 54 nafari 6 oy davomida ish haqining 50 foizi miqdorida ragʻbatlantiriladigan boʻldi.

 

Odilbek ODAMBOYEV, «Xalq soʻzi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер