Faol, tashabbuskor va intiluvchan

Foto: Illustrativ surat
Fargʻona shahrida “Yil ayoli” respublika milliy tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda tanlovning shahar-tuman bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 152 nafar ishtirokchi gʻoliblik uchun oʻzaro bahs olib bordi. Nomzodlarning bilim va dunyoqarashi, salohiyat va iqtidori tanishtiruv, savol-javob hamda “Zamonaviy oʻzbek ayoli” mavzusidagi videorolik namoyishi shartlari boʻyicha baholab borildi.
— Bu tanlov jamiyatimiz rivoji yoʻlida fidokorona mehnat qilayotgan, barkamol avlod tarbiyasida faollik koʻrsatayotgan opa-singillarimiz uchun oʻziga xos ragʻbatdir, — deydi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Fargʻona viloyat boʻlimi rahbari Maʼsudjon Sulaymonov. — Viloyat bosqichi yakunida “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning olima ayoli”, “Yilning ijodkor ayoli”, “Eng yaxshi uy bekasi”, “Eng yangi gʻoyalar tashabbuskori”, “Eng yaxshi IT - dasturchi ayoli” kabi qator nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar nomi eʼlon qilindi. Shu tariqa respublika bosqichi qatnashchilari maʼlum boʻldi.
Aytish oʻrinliki, tanlovning respublika bosqichida oliy oʻrin — Gran prini qoʻlga kiritgan ishtirokchi oliy darajadagi diplom, statuetka va Prezident sovgʻasi - avtomobil bilan taqdirlanadi. Oʻz navbatida faxrli 1- 2- va 3-oʻrin egalariga ham diplomlar hamda belgilangan miqdordagi pul mukofotlari topshiriladi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring