Faol fuqarolik haftaligi doirasida

21:14 16 Iyun 2022 Jamiyat
247 0

Foto: Xalq so‘zi

Mamlakatimiz boʻylab 13-17-iyun kunlari boʻlib oʻtayotgan “Faol fuqarolik haftaligi” doirasidagi tadbirlar Qashqadaryo viloyatida ham uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.

Viloyat hokimligi hamda “Yuksalish” umummilliy harakati hamkorligida mazkur haftalik doirasida “Davlat boshqaruvida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish: Qashqadaryo viloyati tajribasi” mavzusida forum oʻtkazildi. Unda Oliy Majlis Senati aʼzolari, deputatlar, nodavlat va notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

— Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning eng muhim jihatlaridan biri ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish bilan uzviy bogʻliq,- dedi tajribali pedagog, Oʻzbekiston Qahramoni Muhabbat Sharopova. — Binobarin, fuqarolarimiz qancha faol va tashabbuskor boʻlsa, jamiyatdagi mavjud muammolarga daxldorlik tuygʻusini chuqur his qilsa, barcha jabhada rivojlanish surʼati jadallashib boraveradi.

Forumda viloyatda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish istiqbollari hamda bu sohada koʻzda tutilgan bir qator masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov soʻzga chiqdi.

Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?