FAO Oʻzbekistondagi qishloq ayollariga ishlab chiqarish va qayta ishlash boʻyicha zamonaviy koʻnikmalarni oʻrgatmoqda

17:00 28 May 2024 Iqtisodiyot
254 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Shu yilning 27-29-may kunlari BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida qishloq ayollari uchun xonadonlarda sut ishlab chiqarish va qayta ishlashni tashkil etish boʻyicha oʻquv seminari oʻtkazilmoqda.

Trening «Hech kim ortda qolmasligi kerak: Turkiya va Markaziy Osiyoda qishloq ayollarining faol ishtiroki va imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashish» loyihasining bir qismi boʻlib, unda 20 nafar qishloq ayollarining bu boradagi bilim va koʻnikmalarini oshirish koʻzda tutilgan.

Sut mahsulotlarini ishlab chiqarish Oʻzbekistonda qishloq joylardagi koʻplab uy xoʻjaliklari uchun muhim daromad manbai boʻlib, oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilashga va ovqatlanish ratsioni sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Trening yakunida ishtirokchilar sutni sanitariya meʼyorlari talablari asosida qayta ishlash va saqlash boʻyicha zamonaviy bilimlarga, oilaviy tadbirkorlikni tashkil qilish, marketing sohasida koʻnikmalarga ega boʻladilar, mahalliy iqlimga moslashtirilgan qishloq xoʻjaligini yuritish usullarini ham oʻzlashtiradi.

— Qishloq xoʻjaligida gender tafovut hali ham saqlanib qolmoqda va ayollar oʻz salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqara olmayapti, bu esa ushbu sohadagi taraqqiyotga toʻsqinlik qiladi, — deydi FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy byurosi katta maslahatchisi, loyiha rahbari Dono Abdurazzoqova. — Seminar ayollarning agrobiznesdagi tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, gender tengligini taʼminlash va qishloq ayollarining imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер