FAO Oʻzbekistonda yer degradatsiyasiga qarshi kurashish uchun iqlimga moslashtirilgan bugʻdoy yetishtirishni qoʻllab quvvatlaydi

Foto: “Xalq soʻzi”
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning “Oʻzbekistonda oziq-ovqat tizimlari, yerdan foydalanish va uni qayta tiklash taʼsirini baholash dasturi” loyihasi Boshqaruv kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Ushbu loyiha Global Ekologik Jamgʻarma tomonidan qoʻllab-quvvatlangan va ekotizimlarni saqlash hamda yerlarning degradatsiyasiga qarshi kurashish uchun barqaror qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini ragʻbatlantirishga qaratilgan. Milliy hamkorlar Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligidir.
Yigʻilishda loyihaning maqsad va vazifalari taqdim etildi, 2023-yilga moʻljallangan ish rejasi va byudjeti koʻrib chiqildi va tasdiqlandi. Uni amalga oshirish boʻyicha strategiya va kelgusidagi chora-tadbirlar muhokama qilindi. Loyihaning maqsadi yerdan samarali foydalanish texnologiyalari va tabiatni muhofaza qilish yondashuvlarini keng joriy etishni ragʻbatlantirish, shuningdek, ekotizim degradatsiyasidan koʻp foyda keltiradigan barqaror boshqaruvga oʻtishni amalga oshirish uchun ekologik toza qiymat zanjirlarini yaratishni ragʻbatlantirishdan iborat.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Harakatlar rejasiga FAOning mazkur loyihasi kiritilgan.
Yigʻilishda taʼkidlanganidek, qishloq xoʻjaligining davomli kengayishi global oʻrmonlarning 80 foizini, dunyodagi chuchuk suvlarning 70 foizini, shuningdek, landshaft degradatsiyasi va bioxilma-xillikning yoʻqolishining asosiy omili boʻlib, global issiqxona gazlari chiqindilarining qariyb 30 foizini tashkil etadi. Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ushbu loyihasi Oziq-ovqat tizimlari, yerdan foydalanish va uni qayta tiklash taʼsirini baholash dasturi (FOLUR)ning asosiy konsepsiyasi shundan iboratki, global oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirish sayyoramiz bioxilma-xilligi ekologiyasini va sogʻligini saqlashga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
— Biz ekotizim degradatsiyasining oldini olish uchun yerni boshqarishning samarali texnologiyalari va ekologik yondashuvlarni amalga oshiramiz, — Oʻzbekistonda oziq-ovqat tizimlari, yerdan foydalanish va uni qayta tiklash taʼsirini baholash dasturi Loyihasining milliy koordinatori Aziz Nurbekov. — Loyihamizning Oʻzbekistonda amalga oshirilishi natijasida 1 million tonna karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish, 50 000 gektar maydondagi yerlarni ekologik jihatdan tiklash, yana 50 000 gektar maydonda bioxilma-xillikni saqlashga hissa qoʻshish, shuningdek, asosan bugʻdoy yetishtiriladigan 300 000 gektar maydonda yerlardan foydalanishning takomillashtirilgan usullarini joriy etish rejalashtirilganligini maʼlum qildi.
Taʼkidlash joizki, bugʻdoy mamlakatimizda eng muhim oziq-ovqat ekinlaridan biridir. Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik bugʻdoy importchisi hisoblanadi. Hozirgi kunda bugʻdoy doni ishlab chiqarish jarayonlari atrof-muhitga sezilarli salbiy taʼsir koʻrsatayotganligi sababli, FAOning mazkur loyihasini amalga oshirilishi iqlimga moslashtirilgan va ekologik xavfsiz bugʻdoy yetishtirishga, shuningdek taʼminot zanjirlarining barqarorligi va inklyuzivligini taʼminlashga yordam beradi. Loyiha natijasida 2026-yilga kelib Oʻzbekistonning barcha tarmoqlari va landshaftlarida biologik xilma-xillik boyib borishi kutilmoqda, oziq-ovqat tizimlari takomillashtiriladi, yerlarning tiklanishi taʼminlanadi va agroekotizimlar manfaati uchun yerdan barqaror foydalanish ustuvor boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring