FAO Fargʻona vodiysida «aqlli qishloq xoʻjaligi»ni targʻib qilmoqda

17:17 08 Aprel 2024 Iqtisodiyot
239 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan Andijon va Namanganda tashkil etilgan «aqlli qishloq xoʻjaligi»ni joriy etish boʻyicha seminar-treninglarda Marhamat, Kosonsoy va Yangiqoʻrgʻon tumanlari qishloq aholisidan 60 nafarga yaqin kishi ishtirok etdi.

Olimlar va tajribali agronomlar ishtirokchilarga oʻz tomorqa xoʻjaliklarida sabzavot, kartoshka va boshqa ekinlar hosildorligini oshirish texnologiyalari, yerdan unumli foydalanish va yuqori sifatli mahsulot yetishtirishning innovatsion usullari, iqlimga moslashgan dehqonchilik usullarini joriy etish boʻyicha zamonaviy bilim va tajribalarni oʻrgatdilar. Oʻquv dasturi doirasida dala tashriflari, yaʼni, issiqxonalarda amaliy mashgʻulotlar ham oʻtkazildi.

Treninglar davomida olingan yangi bilim va koʻnikmalar ishtirokchilarga oʻz tomorqalarida ekinlar hosildorligini oshirish va shu bilan birgalikda, daromadlarini ham koʻpaytirishga imkon beradi. Fargʻona vodiysining chegaradosh hududlari aholisi farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Maʼlumki, tinchlik, yaxshi qoʻshnichilik va totuvlik iqtisodiy barqarorlik garovidir va bu loyihaning maqsad va vazifalarga toʻla javob beradi.

BMT Bosh kotibi huzuridagi tinchlik qurish jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilayotgan va FAO hamda Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) tomonidan bir qator hamkorlar bilan birgalikda BMTning Qoʻshma dasturi sifatida amalga oshirilayotgan «Oʻzaro hamkorlik orqali Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning chegara oldi hududlarini rivojlantirish» loyihasi doirasida doimiy ravishda oʻquv tadbirlari tashkil etilmoqda. Loyiha Fargʻona vodiysi chegarasining har ikki tomonida qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish orqali yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер