Fanlar akademiyasining Milliy arxeologiya markazi qanday yangi topilmalarni kashf qilishdi?

16:00 22 Sentyabr 2022 Jamiyat
368 0

Foto: Arxiv surat

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Fanlar akademiyasi axborot xizmati rahbari Mohira Jumanova oʻtgan yarim yillikda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar haqida maʼlumot berdi.

Milliy arxeologiya markazi tomonidan joriy yilning 1-yarim yilligida jami 10 dan ortiq arxeologik obyektda izlanishlar olib borilib, qoʻlga kiritilgan maʼlumotlar tariximizni yangi sahifalar bilan boyitdi.

Jumladan, Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani Xatak qishlogʻi yaqinida olib borilgan izlanishlar natijasida qadimgi tosh davriga oid gʻor-makon aniqlandi.

Oʻzbekiston-AQSH qoʻshma ekspeditsiyasi tomonidan Buxoro Shahristonida olib borilgan qazishma ishlari natijasida ilk oʻrta asrlarga oid yana bir shahar aniqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?