Falajlangan qoʻllar funksiyasini tiklash texnologiyasi yaratildi

13:29 12 Fevral 2023 Dunyo
766 0

AQSHning Kolumbiya universiteti olimlari tomonidan orqa miya jarohati tufayli falajlangan qoʻl panjalari funksiyasini qayta tiklash texnologiyasi yaratildi. Ushbu yangilik miya va orqa miya stimulyatsiyasi orqali “ishlamayotgan” nerv tolalarini qoʻzgʻatishga asoslangan.

Doktor Jeyson Karmela ishlab chiqqan mazkur muolaja usuli hozircha jonivorlarda muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazildi.

Davo sxemasi quyidagi tartibda bajarildi: jarohatdan 10 kun oʻtgach, ketma-ket 10 kun davomida 30 daqiqalik maxsus terapiya amalga oshirildi. Natijada xasta jonivorlar yana sogʻlom hayotga qaytdi.

Yangi texnologiya asab tizimidagi uzilishlarni tiklashga qaratilgan. Bunda 10 millisoniya ichida elektr stimullari qoʻl harakati uchun zarur boʻlgan normal signallarni taqlidan amalga oshiradi. Bu bemordagi buzilgan funksiyalarni qoʻzgʻatishga turtki boʻladi.

Tadqiqotchilar xulosasiga koʻra, yangi muolaja usuli insonlarda ham muvaffaqiyatli sinovdan oʻtsa, u falajlangan qoʻl va oyoqlarni tez, oson va samarali tuzatish imkonini beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер