Yevropaning eng yirik iqtisodiyotida ishsizlar soni rekord darajaga yetdi

16:12 30 Oktyabr 2024 Dunyo
290 0

Foto: Reuters

Germaniyada ishsizlik darajasi oktyabr oyida 6,1 foizga yetdi. Bu 2021-yil fevralidan beri eng yuqori koʻrsatkichdir. Bu haqda Germaniya bandlik federal agentligi materiallariga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Oxirgi bir oy ichida ishsiz nemislar soni 27 ming kishiga koʻpaydi. Bu tahlilchilar kutganidan deyarli ikki baravar koʻp. Mutaxassislar Germaniyada ishsizlar soni 15 ming kishiga koʻpayishini bashorat qilishdi.

Shu bilan birga, respublika boʻyicha ochiq boʻsh ish oʻrinlari soni sentyabrga nisbatan 7 mingtaga kamaydi va 689 mingta taklifni tashkil etdi. Bir yil avval bu koʻrsatkich 749 mingta edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?