Yevropadagi eng toza dengizga ega mamlakat maʼlum qilindi

02:41 05 Iyun 2021 Dunyo
870 0

Kipr Respublikasi eng toza dengizga ega boʻlgan Yevropa mamlakati deb topildi.

Yevropa atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi mutaxassislari tomonidan turli mintaqalardagi suv tozaligi oʻrganilib, shunday baho berilgan.

Taʼkidlanishicha, Kipr choʻmilish uchun eng qulay joy maqomini saqlab qolgan, bu yerdagi plyajlarning hammasida suvning sifati “aʼlo” deb topilgan.

Avstriya bu borada 97,7, Gretsiya 97,1, Malta 96,6 va Xorvatiya 95,1 koʻrsatkichga ega boʻldi.

May oyi boshida Ispaniya dunyodagi eng toza plyajlarga ega mamlakat deb topilgan edi. Roʻyxatda ikkinchi oʻrinni Gretsiya, uchinchi pogʻonani Turkiya band etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?