Yevropada maymun chechakdan birinchi oʻlim qayd etilgani maʼlum qilindi

00:00 31 Iyul 2022 Dunyo
1582 0

Illyustrativ foto

Ispaniyada maymun chechakdan oʻlim qayd etildi. Bu Yevropada ushbu infeksiyadan birinchi oʻlim holati hisoblanadi. 

“El Mundo” nashri xabariga koʻra, bu maʼlumotni Ispaniya sogʻliqni saqlash vazirligi ham tasdiqladi.

Voqea Ispaniyaning Valensiya viloyatida qayd etilgan. Taʼkidlanishicha, oʻlimning yakuniy sabablari hali aniqlanmagan. Taxmin qilinishicha, uning oʻlimiga maymun chechak bilan bogʻliq boʻlgan ensefalit sabab boʻlgan.

Avvalroq Braziliyada mamlakatda maymun chechakdan birinchi oʻlim holati tasdiqlangan edi. Qayd etilishicha, 41 yoshli marhumning immunitetida jiddiy muammolar boʻlgan.

Nyu-Yorkda maymun chechak kasalligi avj olgani sababli 29-iyul kuni favqulodda holat eʼlon qilindi. 

Nyu-York gubernatori Keti Xokul shtatdagi maymun chechak epidemiyasi haqidagi soʻnggi maʼlumotlarni oʻrganib chiqib, u virusga qarshi kurashish boʻyicha saʼy-harakatlarni kuchaytirish uchun favqulodda holat eʼlon qilishga majbur ekanligini aytgan edi.

27-iyul holatiga koʻra, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 78 mamlakatda maymun chechak bilan kasallanganlar soni 18 ming nafarga yetgan. 

23-iyul kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maymun chechak epidemiyasini global sogʻliqni saqlash uchun favqulodda holat deb eʼlon qildi. Bunga uning tez yuqishi sabab sifatida koʻrsatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?