Yevropada koronavirusning juda yuqumli boʻlgan shtammi tarqalish ehtimoli bor — JSST

17:43 10 Iyun 2021 Dunyo
933 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropada koronavirus juda yuqumli boʻlgan “Hindiston” shtammi tarqalishini bashorat qildi. Bu haqda tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge aytib oʻtdi.

“Delta varianti” nomi bilan tanilgan ushbu koronavirus mutatsiyasi bir qator mamlakatlarda boshqa shtammlarni allaqachon siqib chiqargan», deydi Klyuge.

JSST vakilining taʼkidlashicha, virusning ushbu turi juda yuqumli, hatto uni immunitetga ega boʻlganlar ham yuqtirish ehtimoli borligidan mutaxassislarni tashvishga solmoqda.

Shu bois JSST mutaxassisi beparvolikka berilmaslikka va oʻtgan yilgi xatolarni takrorlamaslikka chaqirdi.

«Biz allaqachon bu holatdan oʻtganmiz. Oʻtgan yilning yozida kasallik yosh holatlarda asta-sekin oʻsib bordi. Soʻngra yoshi kattaroq guruhlarga oʻtdi. Bu 2020-yilning kuzi va qishida kuzatilgan dahshatli epidemiya, koʻplab odamlarning oʻlimiga olib keldi», deydi u.

Avvalroq, JSST oʻnlab mamlakatlarda koronavirusning “Hindiston” shtammi tarqala boshlaganini maʼlum qilgan edi. Hozirda ushbu V.1.617 shtammi 53 mamlakatda rasman qayd etilgan. Bundan tashqari, tashkilot tomonidan olingan norasmiy maʼlumotlarga koʻra, ushbu shtamm yana yetti mamlakatda aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?