Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti delegatsiyasi Qoʻqon shahrida boʻldi

12:42 01 Avgust 2022 Jamiyat
234 0

Foto: Халқ сўзи

Mamlakatimizda yuksak koʻtarinkilikda nishonlangan Xalqlar doʻstligi kuni tadbirlari doirasida Fargʻona viloyatiga tashrif buyurgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti delegatsiyasi aʼzolari tarixiy Qoʻqon shahrida ham boʻldi.

Tashkilotning milliy ozchiliklar boʻyicha oliy komissari Kayrat Abdurahmanov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi Rustam Qurbonov, Fargʻona viloyati va Qoʻqon shahar hokimligi masʼullari hamrohligida Xoʻqandi latifning tarixiy-madaniy obidalarini ziyorat qilishdi.

Koʻhna tarix va zamonaviy taraqqiyot mezonlarini oʻzaro uygʻunlashtirgan Qoʻqon shahri tabiati, tadbirkor va shirinsuxan odamlari, xizmat koʻrsatish, hordiq chiqarish maskanlari, ayniqsa, mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер