Yevropada elektr energiyasi narxi keskin koʻtarilishi kuzatilmoqda

20:11 13 Oktyabr 2021 Dunyo
251 0

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Yevropada elektr energiyasi narxi keskin koʻtarilishi kuzatilmoqda.

“Wall Street Journal” nashrining xabar berishicha, kuchli shamol boʻlmaganligi sababli Shimoliy dengizdagi shamol elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi qisqargan. Bu esa elektr energiyasining narxi rekord darajada koʻtarilishining asosiy omillaridan boʻlgan.

ICISning energetika mutaxassisi Stefan Konstantinovning taʼkidlashicha, mazkur holat barcha soha vakillarini ajablantirgan. Mutaxassisning fikricha, “Agar kelayotgan qishda, talab sezilarli darajada oshsa, bu haqiqiy muammoga aylanadi”.

Hozirda shamol tegirmonlari yoʻqotishlarini qoplash uchun gaz va koʻmir issiqlik elektr stansiyalarining quvvatlari ishlatilmoqda.

ICIS kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, Buyuk Britaniyada elektr energiyaning 1 MVt/soat narxi avgust oyining boshidan buyon deyarli uch barobar, oʻtgan yilning sentyabridan esa deyarli yetti barobar oshib, 331 yevroga yetdi. Bu esa, 1999-yildan buyon rekord koʻrsatkich hisoblanadi. Germaniyada bir MVt/soat narxi bir oy ichida 30 foizga oshib, deyarli 130 yevroga yetgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?