Yevropa mamlakatlari uchun futbol boʻyicha JCH 2022 saralash musobaqasi formati tasdiqlandi

Arxiv surat
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYEFA) Ijroiya qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishida Yevropa mamlakatlari terma jamoalari uchun 2022-yil Qatarda boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati saralash musobaqasi formati tasdiqlandi.
Unga koʻra, saralash bosqichida 55 jamoa oʻnta guruhga boʻlingan: besh guruhga oltitadan va yana beshta guruhda esa beshtadan milliy jamoa.
Har bir guruh gʻolibi toʻgʻridan-toʻgʻri Jahon chempionatining final bosqichiga yoʻl oladi. Ikkinchi oʻrinni egallagan oʻnta jamoa esa Millatlar Ligasi saralashidan oʻtgan ikki jamoa bilan pley-off bosqichida uchta yoʻllanma uchun oʻzaro bahs olib boradi.
Eslatib oʻtamiz, endi ushbu formatni Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tasdiqlashi kerak.
Jahon chempionati 2022-yilning 21-noyabr — 18-dekabr kunlari oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
- Yoshlar ishlari agentligi xodimlariga har oy 0,5 dan 1,5 baravargacha ustama toʻlanadi
- Oʻzbekistonda hafta oxirida ob-havo keskin sovuqlashadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring