Yevropa ligasi chorak final juftliklari maʼlum boʻldi

17:35 19 Mart 2021 Sport
1811 0

Shveysariyaning Nyon shahrida futbol boʻyicha Yevropa klublari oʻrtasida Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi yarim final bosqichiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtayotgani haqida xabar bergan edik.

Tadbirda dastlab Chempionlar ligasi chorak final bosqichi juftliklari aniqlandi. Qurʼaga koʻra, Yevropa ligasi chorak final bosqichi juftliklari quyidagicha koʻrinish oldi:

«Granada» (Ispaniya) — «Manchester Yunayted» (Angliya),

«Arsenal» (Angliya) — «Slaviya Praga» (Chexiya),

«Ayaks» (Niderlandiya) — «Roma» (Italiya), 

«Dinamo Zagreb» (Xorvatiya) — «Vilyarreal» (Ispaniya).

Birinchi yarim finalda «Granada» — «Manchester Yunayted» juftligi gʻolibi «Ayaks» — «Roma» oʻyini gʻolibiga qarshi, «Dinamo Zagreb» — «Vilyarreal» juftligi gʻolibi «Arsenal» — «Slaviya Praga» gʻolibiga qarshi bahs olib boradi.

 

 

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?