Yevropa Komissiyasi Rossiyadan oltin importini taqiqlash rejalarini tasdiqladi

00:25 16 Iyul 2022 Dunyo
636 0

Foto: ТАСС

Yevropa Komissiya (YEK)ning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar boʻyicha takliflari orasida Rossiya oltinini olib kirishni taqiqlash kirdi. Bu haqda YEK bayonotida aytib oʻtilgan.

“Bugungi sanksiyalar paketi Rossiya oltinining importiga yangi taqiqni nazarda tutadi. Shuningdek, biz ikki maqsadli tovarlar va yuqori texnologiyalar eksporti ustidan nazoratni kuchaytirmoqchimiz”, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Yevropa Ittifoq (YEI)ga koʻra, oʻzining taklif etayotgan sanksiyalar paketida “Biz yana bir bor taʼkidlaymizki, YEIning cheklov choralari hech qanday tarzda uchinchi davlatlar va Rossiya oʻrtasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari savdosiga qaratilgan emas”, deyiladi.

Taʼkidlanishicha, YEIning amaldagi sanksiyalarini olti oyga, yaʼni 2023-yil yanvari oxiriga qadar uzaytirishni taklif qilingan. Oʻsha paytda keyingi rejalar koʻrib chiqiladi.

Juma kuni erta Bryusselda Yevropa Ittifoqining yuqori martabali rasmiysi jurnalistlarga 18-iyul kuni boʻlajak YEI Tashqi ishlar kengashining kun tartibi haqida “Sanksiyalar boʻyicha muhokama boʻladi. Biz bir qator chora-tadbirlarni tayyorlayapmiz”, dedi. U OAVga Yevropa Komissiya sanksiyalar boʻyicha olib borayotgan ishning turli sohalari haqida maʼlumot berishini aytgan.

Qayd etilishicha, bu oʻz-oʻzidan boshqa sanksiyalar paketi emas. Gap amaldagi sanksiyalarni saqlab qolish, ularni takomillashtirish haqida bormoqda. 

“Mavjudlariga baʼzi chora-tadbirlar qoʻshiladi, ammo biz koʻproq oʻzimizning oldingi sanksiyalarimiz paketlarini yaxshilash, mustahkamlash haqida gapiryapmiz”, degan YEI rasmiysi.

Shuningdek, suhbatdosh muhokama chogʻida kengash aʼzolari Rossiyadan oltin eksportini taqiqlash taklifini muhokama qilishlarini tasdiqlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?