Yevropa Ittifoqining deyarli yarmiga qurgʻoqchilik tahdid solmoqda — Yevropa Komissiyasi

23:37 18 Iyul 2022 Dunyo
692 0

Foto: AP

Yevropa Ittifoqda uzoq muddatli issiq harorat toʻlqinlarining rivojlanishi va taʼsiri tahlili shuni koʻrsatadiki, Ittifoq hududining 46 foizi qurgʻoqchilik xavfi ostida, 11 foizida esa tuproq namligining pastligi kuzatilmoqda. 

Bu maʼlumotlar YEC qoʻshma tadqiqot markazining “Yevropadagi qurgʻoqchilik — 2022-yil iyul” hisobotida keltirilgan.

“Iqlim oʻzgarishi butun dunyo boʻylab kuchli qurgʻoqchilik va oʻrmon yongʻinlari xavfini oshirmoqda. Ushbu hisobot orqali biz oʻrmonlarimiz, ekinlarimiz va suvlarimizni himoya qilish uchun vaziyatni yaxshiroq tushunamiz”,  deydi YEK aʼzosi, ilmiy tadqiqotlar uchun masʼul Mariya Gabriel.

Hisobotga koʻra, namlik pastligi va harorat yuqoriligi ekinlar hosildorligining oldingi prognozlarga nisbatan pasayishiga olib keladi. Xususan, don va boshqa bir qator ekinlar uchun allaqachon salbiy bashoratlar aytilmoqda.

Qurgʻoqchilik Ispaniya, Italiya, Portugaliya, Ruminiya va Fransiya qishloq xoʻjaligiga taʼsir qilishi mumkin. Iyul oyidagi ob-havo sharoiti Vengriya, Germaniya, Polsha, Sloveniya va Xorvatiya qishloq xoʻjaligiga maʼlum darajada zarar yetkazadi.

Italiyaning besh mintaqasida kuchli qurgʻoqchilik eʼlon qilingan va suv tanqisligi kuzatilayotgan bir qator munitsipalitetlarda obi-hayotdan foydalanishga cheklovlar qoʻyildi. Suvni tejash choralari Fransiyada ham tatbiq etildi.

Oldinroq, Buyuk Britaniyada yuqori harorat tufayli maktablar yopilgani va ommaviy tadbirlar bekor qilinganiYevropaning bir qator davlatlarida oʻrmon yongʻinlari kuzatilgani, Ispaniyada esa mingdan ortiq inson hayotdan koʻz yumgani haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?