Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga tovarlar eksporti bir oy ichida 18 foizga oshdi

00:21 14 Avgust 2022 Dunyo
870 0

Foto: Illustrativ foto

Iyun oyida YI davlatlari Rossiyaga mahsulot eksportini 4,45 milliard yevrogacha oshirdi, bu may oyiga (3,78 milliard yevro) nisbatan 18 foizga koʻpdir. Parfyumeriya va kosmetika mahsulotlari eksporti eng koʻp oʻsdi (38 foizga, 234 million yevroga), shuningdek, tibbiy asboblar (optik, oʻlchash, nazorat qilish) 38 foizga oshib, 286 million yevroga yetdi, deb yozadi RBK Yevrostat maʼlumotlariga tayanib.

Plastmassa buyumlar eksporti ham 16 foizga oʻsib, 234 million yevroni, elektr jihozlari va butlovchi buyumlar eksporti esa 7 foizga oʻsib, 187 million yevroni tashkil qildi.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida Rossiyada tovarlarning eng yirik eksportchisi Germaniyadir (iyun oyida 1,16 milliard yevro, may oyiga nisbatan +5,4%). Ikkinchi oʻrinni Italiya (523 million yevro, may oyiga nisbatan +2,9%) egallagan. Boltiqboʻyi mamlakatlari eksporti iyun oyida may oyiga nisbatan 34 foizga oshib, 481 million yevroni tashkil qildi.

Yevropa davlatlaridan Rossiyaga eksportning eng kichik hajmi (2,78 milliard yevro) qayd etilgan aprel oyidan tiklanib, ketma-ket ikkinchi oy oʻsib bormoqda. Biroq, u hali ham 2021 darajasidan ancha past. Oʻtgan yilning iyun oyida YI jami 7,21 milliard yevrolik mahsulot eksport qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?