Yevropa Ittifoqi Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlarini zudlik bilan yetkazib berishga chaqirdi

13:32 18 Aprel 2024 Dunyo
268 0

Arxiv surat

Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlari Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlarini zudlik bilan yetkazib berishga chaqirishdi. Bu haqda ular Bryusseldagi norasmiy sammitda maʼlum qildi.

Bundan tashqari, Yevropa Kengashi barcha zarur harbiy yordam, jumladan artilleriya snaryadlari va raketalarni yetkazib berishni tezlashtirish va faollashtirish zarurligini taʼkidladi.

Avvalroq, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Jozep Borrel Gʻarb Ukrainaga uchuvchisiz uchish apparatlaridan himoya qilishda Isroil kabi yordam bera olmasligini tan olgandi.

Oldinroq, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yana bir bor havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari yetishmayotgani maʼlum qilgandi. Uning soʻzlariga koʻra, Ukraina dronlarni yaxshi ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga muvaffaq boʻldi, biroq dronlar na havo hujumidan mudofaa, na uzoq masofali raketalarning oʻrnini bosa olmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер