Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi

19:12 16 Yanvar 2023 Dunyo
1621 0

Illyustrativ foto

Yevrokomissiya Ukraina bilan 18 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam ajratish boʻyicha memorandum imzoladi. Bu mablagʻ pensiya va maoshlar toʻlash, shuningdek, davlat institutlari faoliyatini taʼminlashga yoʻnaltiriladi. Yangi yordam paketining bunday maqsadlarini Yevropa Ittifoqi rasmiy vakili Verle Neyts aytib oʻtdi.

Xususan, mablagʻ maktablar, shifoxonalar va vaqtinchalik koʻchirilganlar uchun uy-joylar faoliyatini taʼminlashga yoʻnaltiriladi. Yangi yordam paketining bir qismi, shuningdek, Ukrainaning energetika infratuzilmasi, suv taʼminoti tizimi, transport tarmoqlari, janglarda shikastlangan yoʻllar va koʻpriklarni taʼmirlashga yoʻnaltiriladi.

“Ushbu yangi paket bilan Yevropa Ittifoqi 2023-yilda Ukrainaga barqaror pul oqimini kafolatlaydigan birinchi xalqaro hamkorga aylandi”, dedi Neyts. Uning soʻzlariga koʻra, Yevropa Ittifoqi 3 milliard yevrolik birinchi transhni 17-yanvar, seshanba kuni oʻtkazib beradi.

Avvalroq Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal Yevropa Ittifoqi bilan Kiyevga 18 milliard yevro miqdorida yordam koʻrsatish boʻyicha memorandum imzolangani haqida maʼlum qilgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, olingan mablagʻlar Ukrainaga makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish imkonini beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?