Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi toʻqqizinchi sanksiyalar paketi tayyorlayotganini maʼlum qildi
Foto: AP
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning toʻqqizinchi paketini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Finlyandiyaga rasmiy tashrifi chogʻida aytib oʻtdi.
“Biz Rossiyaning Ukrainaga qarshi urush olib borish qobiliyatini yoʻqotish uchun qattiq ishlayapmiz. Aytishim mumkinki, biz sanksiyalarning toʻqqizinchi paketi ustida tezlikda ishlayapmiz”, dedi u matbuot anjumanida.
Shu oʻrinda Lyayen yaqin orada Rossiya neftiga narx chegarasi tasdiqlanishini taʼkidladi.
“Ukraina Rossiya prezidenti Vladimir Putinning noqonuniy va vahshiy urushi ustidan gʻalaba qozonmaguncha tinchlanmaymiz”, — deya qoʻshimcha qildi Yevropa komissari.
Shu yilning 5-oktyabr kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sakkizinchi sanksiyalar paketini maʼqullagan edi. Unga koʻra, Rossiya neftiga narxlarning maksimal chegarasi joriy etilgan. Shundan soʻng Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi xom ashyosi narxini maksimal darajada oshirishga urinayotgan davlatlarga neft va gaz yetkazib berishni butunlay toʻxtatishi haqida ogohlantirgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- Hotdogdan choʻchqa yogʻigacha: maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?
- Talabalar diqqatiga: ijara pulining bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berish boshlandi
- “Mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat!”: Davlat soliq xizmati va Bolalar ombudsmani Qashqadaryodagi holatga munosabat bildirdi
- Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi uzoq yildan beri yopiq turgan nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring