Yetarli darajada tozalanmagan suvlar Boʻzsuv kanaliga tashlangan

09:16 02 Oktyabr 2022 Jamiyat
355 0

Foto: Аrxiv surat

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi “Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJga qarashli Boʻzsuv aerostansiyasidan chiqayotgan, yetarli darajada tozalanmagan suvlar Boʻzsuv kanaliga tashlanayotganligi toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.

Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi N.Oblomuradov boshchiligidagi Ishchi guruh tomonidan joyiga chiqib oʻrganilganda Toshkent shahridagi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning ish jarayonlarida hosil boʻladigan oqova suvlari birlamchi lokal tozalash inshootiga tozalanmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri tashlanayotanligi, natijada aerostansiyaning suv tozalash samaradorligi pasayib ketganligi va suvning rangi oʻzgarishiga sabab boʻlgani aniqlandi.

Maʼlum qilinishicha, Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi korxona mutasaddilariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, birlamchi lokal tozalash inshootining belgilangan meyorlar asosida ishlashini qatʼiy nazoratga olishi aytilgan. Buning uchun esa Koreya tajribasi sinovidan oʻtgan elektron monitoring tizimini (ifloslantiruvchi moddalarni elektron oʻlchash uskunasi) oʻrnatish yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, suv tozalash inshootlariga ifloslantiruvchi moddalarni meʼyoridan ortiqcha tashlab kelayotgan korxonalarning qonuniy javobgarligini taʼminlash kelgusida bunday holatlarning oldini olishda yuqori samara berishini taʼkidlandi.

Shuningdek, kelgusida Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bilan “Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJga qarashli Boʻzsuv aerostansiyasi oʻrtasida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muntazam ravishda tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?