Ertaga Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar energetika vazirlari yigʻilishi boʻlib oʻtadi

2022-yil 24-iyun kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar energetika vazirlarining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida 2022-yil 24-iyun kuni Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar energetika vazirlarining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston, Hindiston, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi va Tojikiston Energetika vazirliklari rahbarlari Tashkilot uchun shunday strategik yoʻnalishdagi hamkorlikning holati va istiqbollarini muhokama qiladilar.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha SHHTga aʼzo davlatlarning energetika sohasidagi hamkorligi konsepsiyasini va Oʻzbekiston tomoni tashabbusi bilan SHHTga aʼzo davlatlarning qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasidagi hamkorlik dasturi loyihasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini, xususan, bilan SHHTga aʼzo davlatlarning energetika sohasidagi konseptual hujjatlarini tasdiqlash kutilmoqda.
SHHTga aʼzo davlatlar delegatsiyalari rahbarlari ham boʻlajak Oʻzbekiston energetika forumi – UEF-2022 (23-24-iyun)da ham ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 25-iyun kunidan “Xalq soʻzi” va «Народное слово» gazetalarida umumxalq muhokamasiga qoʻyiladi
- Tadqiqot xulosasi: Koronavirusning davomli asoratlari emlanganlarda kam kuzatiladi
- Toʻpalang GES inshootida texnik nosozlik toʻliq bartaraf etilgan. Vaziyat barqaror — «Oʻzbekgidroenergo» AJ
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
- “Kitob uychalari”, “Yosh kitobxon klubi”... Artel kompaniyasi kitobxonlikni keng targʻib qilmoqda
- Xillari Klinton 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring