Ertaga Toshkentda «Gran-Pri Toshkent — 2021» xalqaro karting musobaqasi oʻtkaziladi
Xalqaro musobaqa Turizm va sport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda Oʻzbekiston milliy avtomobillar klubi tomonidan tashkil etilmoqda.
Mazkur Gran-Pri musobaqasi karting boʻyicha 2021-yilgi Oʻzbekiston ochiq chempionati hamda birinchiligining 1-bosqichi sanalib, musobaqada qatnashish istagini bildirgan shaxslar bugun soat 09:00dan 17:30ga qadar roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
Mavjud epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda musobaqa karantin qoidalari asosida tashkil etiladi. Barcha ishtirokchilar – pilotlar, mexaniklar, guruh vakillari PSR test topshirgan boʻlishi va albatta test natijalari salbiy chiqqan boʻlishi lozim.
Qolaversa, ishtirokchilar va mehmonlar butun poyga davomida niqobda boʻlishi, qoʻllarni yuvish, tozalash vositalari bilan ishlov berilishi, ijtimoiy masofa saqlanishi shart.
Musobaqa poytaxtimizdagi Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi oldidagi maydonda oʻtkaziladi. «Gran-Pri Toshkent–2021» xalqaro karting musobaqasining tantanali ochilish marosimi ertaga soat 11:30da boshlanadi, poygalarga soat 12:00dan start beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring