Ertaga poytaxtimizda taʼlim sohasi boʻyicha ommaviy qabul oʻtkaziladi

16:47 26 Sentyabr 2022 Jamiyat
307 0

Aholining taʼlim sohasida oʻz yechimini kutayotgan masalalarini joyida tezkor hal etish maqsadida joriy yilning 27-sentyabr kuni soat 10:00 da Oʻzbekiston Milliy universiteti bogʻida (Toshkent shahri, Universitet koʻchasi) ommaviy qabul tashkil etiladi.

Unga koʻra, ommaviy qabullarda:

— Vazirlar Mahkamasining taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati;

— Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi;

— Xalq taʼlimi vazirligi;

— Maktabgacha taʼlim vazirligi;

— Oʻzbekiston Respublikasi Prezident taʼlim muassasalari agentligi

— Vazirlar Mahkamasi huzurida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi;

— Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazi rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirok etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер