Bugun Oksana Chusovitina XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirokini boshlaydi
Arxiv surat
Bugun XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarida 11 nafar sportchimiz oʻz ishtirokini boshlaydi.
Jumladan, sport gimnastikasi boʻyicha Oksana Chusovitina koʻpkurash bahslarida qatnashadi. Bu uning professional faoliyati sakkizinchi Olimpiya oʻyinlari hisoblanadi. Tajribali sportchimiz ishtirokidagi bahslarni ertaga Toshkent vaqti bilan soat 06:00 dan boshlab kuzatishingiz mumkin.
Shuningdek, veloshosse boʻyicha yakkalik poygasida terma jamoamiz aʼzosi Olga Zabelinskaya, dzyudochilarimizdan Sardor Nurillayev (-66 kg) hamda Diyora Keldiyorova (-52 kg), taekvondochi Ulugʻbek Rashitov (-68 kg), ogʻir atletika musobaqalarida Adhamjon Ergashev (-67 kg) oʻz imkoniyatlarini sinab koʻradi.
Bugun kungi bahslarda ishtirok etadigan sportchilar va ularning raqiblari bilan tanishing:
Veloshosse, soat 09:00
Olga Zabelinskaya – yakkalik poyga, final
Akademik eshkak eshish, soat 05:00-09:30
Shahboz Xolmirzayev/Sobir Safaraliyev – juftlik, oʻtish bosqichi
Dzyudo, soat 07.00-15.50
Erkaklar (-66 kg): Sardor Nurillayev – Denis Viyeru (Moldova)
Ayollar (-52 kg): Diyora Keldiyorova – Sosorbaram Lxagvasuren (Moʻgʻiliston)
Boks, ayollar (-51 kg)
Soat 07.00: Tursunoy Rahimova – Sandra Drabik (Polsha)
Boks, erkaklar (-63 kg)
Soat 14.18: Elnur Abduraimov – Chinzorig Baatarsux (Moʻgʻiliston)
Boks, erkaklar (-81 kg)
Soat 16.42: Dilshod Roʻzmetov – Emme Brennan (Irlandiya)
Taekvondo WTF, soat 06:14-15:00
Erkaklar (-68 kg): Ulugʻbek Rashitov – Seydu Fofana (Mali)
Ogʻir atletika, soat 15:50
Erkaklar (-67 kg), final. Adhamjon Ergashev
Musobaqalarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan koʻrsatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring