Ertaga “Moʻynoqqa madad” ekologik xayriya velomarafoni start oladi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlangan “Moʻynoqqa madad” ekologik xayriya velomarafoniga 21-may kun soat 9:00da Andijon viloyatining Xonobod shahrida start beriladi.
Ekologik xayriya velomarafon oʻtkazishdan maqsad mamlakatimizda velosportni ommalashtirish, yoshlarning sport bilan shugʻullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, Orolboʻyi hududida yashayotgan aholining turmush sharoitlarini yaxshilash hamda keng jamoatchilik eʼtiborini dolzarb ekologik muammolar yechimini topishga qaratishdan iborat. Bu haqda Ekopartiya matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur ekologik xayriya velomarafon doirasida jalb etilgan homiylik hamda xayriya mablagʻlari Moʻynoq tumani Ali-ovul qishlogʻini obod qilish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring