Ertaga Innovatsion gʻoyalar haftaligi boshlanadi

13:39 28 Oktyabr 2019 Jamiyat
994 0

Innovatsion gʻoyalar haftaligi – INNOWEEK-2019 29—31-oktyabr kunlari “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida boʻlib oʻtadi.

Tadbir mahalliy va xorijiy tadqiqot va innovatsion markazlar, investitsiya fondlari, texnologiya agentliklari, texnoparklar va biznes inkubatorlar uchun noyob platforma boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.

Haftalik doirasida innovatsion va investitsiya forumi, innovatsion mahsulotlar koʻrgazmasi, IRC xalqaro robototexnika chempionati , Osiyo-tinch okeani texnologiyalar transferi markazining taqdimoti boʻlib oʻtadi.

Forumda xorijiy ilmiy-innovatsion markazlar, investitsiya jamgʻarmalari, texnologik agentliklar, texnoparklar va biznes inkubatorlari ishtirok etadilar. Tadbirda 30 dan ortiq mamlakat vakillari, nufuzli xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar, Avstriya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Italiya, Isroil, Rossiya, Turkiya, Estoniya, Eron, Qozogʻiston va AQSHdan ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yetakchi mutaxassislar qatnashadi.

Prezidentimizning “2019-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmonida taʼkidlanganidek, inson kapitalini mamlakat raqobatbardoshligi va xalqaro maydonda innovatsion rivojlanishning asosiy omili sifatida rivojlantirish haftaning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер