Ertadan Fransiya sayyohlar uchun eshiklarini ochadi

08:22 14 Iyun 2020 Dunyo
1196 0

Foto: РИА Новости

Fransiya Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va boshqa bir qator Yevropa mamlakatlaridan keluvchi turistlar uchun chegaralarni ochadi.

“Fransiya Yevropa komissiyasining tavsiyalariga muvofiq 15-iyun soat 00:00 dan boshlab mamlakat ichidagi chegaralarga qoʻyilgan barcha cheklovlarni bekor qiladi”, — deyiladi hujjatda.

Maʼlum qilinishicha, 15-iyundan boshlab Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar, Andorra, Islandiya, Monako, Norvegiya, Lixtenshteyn, Shveysariya, Vatikan, Sen Marten, San-Marino aholisi Fransiyaga hech qanday cheklovsiz kira oladi. 

“Ushbu davlatlar aholisidan koronavirus yoʻqligi toʻgʻrisida hech qanday sertifikat soʻralmaydi, shuningdek, 14 kunlik karantinga yuborilmaydi”, — deyiladi xabarda.

Ammo Fransiyaga tashrif buyuruvchi Ispaniya va Buyuk Britaniya aholisiga nisbatan cheklovlar saqlanib qolinadi.

Eslatib oʻtamiz, Fransiyada 23-maydan boshlab diniy marosimlarni oʻtkazishga ruxsat berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?