Eronning Bandar-Abbos portida fargʻonalik tadbirkorlar uchun maxsus joy ajratiladi

Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona viloyati hokimligi tashabbusi bilan Oʻzbekistonning Eron Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Bahodir Abdullayev, Tashqi ishlar, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi masʼullari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida muloqot tashkil etildi.
Unda Fargʻona viloyati va Eron oʻrtasida keng koʻlamli hamkorlik aloqalarini jadal rivojlantirish, eronlik tadbirkorlar bilan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish, eksport hajmini oshirish, Fargʻonada jahon bozorida xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish kabi muhim masalalar kelishib olindi.
2022-yil iyul oyida Fargʻona viloyati delegatsiyasining Eronga amalga oshirilishi koʻzda tutilayotgan safari chogʻida ushbu davlat kompaniyalari bilan qurilish texnikasi ishlab chiqarish, mashinasozlik, energetika, neft sanoati, dorivorlar oʻsimliklar yetishtirish, intensiv baliqchilik, oliy taʼlim va boshqa sohalarda hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha oʻzaro fikr almashildi.
Shuningdek, Fargʻona viloyati bilan Eronning Xurmuzgan viloyati oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish, Fors koʻrfazi qirgʻogʻida joylashgan yirik Bandar-Abbos portidan Fargʻona viloyati tadbirkorlari uchun maxsus zona ajratib berish, paxtachilik sohasida Fargʻona tajribasini keng joriy etish borasida tomonlar yakdil fikrga ega ekanligi taʼkidlandi.
Samimiy muloqotda joriy yilning oktyabr oyida Fargʻonada eronlik tadbirkorlar ishtirokida xalqaro biznes forum tashkil etish masalasida dastlabki kelishuvga erishildi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 25-iyun kunidan “Xalq soʻzi” va «Народное слово» gazetalarida umumxalq muhokamasiga qoʻyiladi
- Tadqiqot xulosasi: Koronavirusning davomli asoratlari emlanganlarda kam kuzatiladi
- Toʻpalang GES inshootida texnik nosozlik toʻliq bartaraf etilgan. Vaziyat barqaror — «Oʻzbekgidroenergo» AJ
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
- “Kitob uychalari”, “Yosh kitobxon klubi”... Artel kompaniyasi kitobxonlikni keng targʻib qilmoqda
- Xillari Klinton 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring