Eronlik tadbirkor Yozyovondagi “Yangi Oʻzbekiston” massiviga investitsiya kiritadi

Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov eronlik investor Mahmud Shokiriy boshchiligidagi tadbirkorlar delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda viloyatning Yozyovon tumanida bunyod etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” dahasida koʻp qavatli turar joylar barpo etish, shuningdek, 20 gektarlik logistika markazi qurish loyihalari muhokama qilindi.
Muloqotda Mahmud Shokiriy Yozyovon tumanidagi “Yangi Oʻzbekiston” dahasi qurilishiga 156 million AQSH dollari hajmida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya kiritishni rejalashtirilayotgani, yaqin kunlarda ushbu mablagʻning bir qismi kelib tushishi va amaliy ishlarga kirishilishini maʼlum qildi.
— Zamonaviy shaharsozlik meʼmorchiligi anʼanalari asosida ishlab chiqilgan loyiha uch yilga moʻljallangan boʻlib, “Yangi Oʻzbekiston”da 138 ta koʻp qavatli turar joylar qad rostlaydi, — deydi Yozyovon tumani hokimi Dilshod Jalilov. — Bu kabi xorijlik salohiyatli tadbirkorlarning jalb etilishi yangi shaharchada muhtasham uylar hamda qoʻshimcha qulayliklar yaratuvchi infratuzilma obyektlarini qurishda muhim ahamiyatga ega.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 422 ta Hukumat qarori bekor qilindi
- Yevropada maymun chechakdan birinchi oʻlim qayd etilgani maʼlum qilindi
- Maymun chechak Osiyoning yana bir davlatiga kirib keldi
- Oʻzbekistonlik bokschilar Quvaytdagi musobaqada 5 ta oltin medalga sazovor boʻlishdi
- JSST maymun chechagi epidemiyasini favqulodda holat deb eʼlon qildi
- Buyuk Britaniya politsiyasi qiymati 40 million funt sterlinglik boʻlgan kokainni musodara qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring