Eron rejim oʻzgarishini boshdan kechirdi — Tramp

16:37 08 Aprel 2026 Dunyo
369 0

AQSH prezidenti Donald Tramp Eron bilan munosabatlar yuzasidan bayonot berdi.

Oq uy rahbarining taʼkidlashicha, Eronda rejim oʻzgarishi samarali kechgan. Endilikda Vashington Tehron bilan yaqindan hamkorlik qilishi mumkin boʻladi.

Shuningdek, Tramp Eronda uranni boyitishga yoʻl qoʻyilmasligini alohida taʼkidlab, chuqur joylashgan yadroviy obyektlar AQSH tomonidan nazorat ostida ekanini bildirgan. U mazkur obyektlar hatto B-2 bombardimonchi samolyotlari orqali kuzatuvda ekanini ham qoʻshimcha qilgan.

Bildirilishicha, Eronga hujumning ilk kunidan buyon ushbu yadroviy obyektlarga tegilmagan va ular doimiy ravishda sunʼiy yoʻldoshlar orqali kuzatilmoqda.

Qoʻshma Shtatlar yetakchisining soʻzlariga koʻra, muzokaralardagi 15 ta bandning aksariyati boʻyicha allaqachon kelishuvga erishilgan. Hozirda AQSH va Eron oʻrtasida tariflar hamda sanksiyalarni yumshatish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?