Eron parlamenti aʼzolari Hazrati Imom majmuasini ziyorat qildi

19:14 13 Iyul 2022 Siyosat
598 0

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda yurtimizda Eron Islom Respublikasi Islomiy Kengash Majlisining raisi Muhammad Boqir Qolibof boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari rasmiy tashrif bilan boʻlib turibdi.

Bugun Eron parlamenti delegatsiyasi aʼzolari poytaxtimizdagi Hazrati Imom majmuasini ziyorat qildi.

Mehmonlar Hazrati Imom majmuasi bilan tanishdilar. Shuningdek, ular “Usmon Qurʼoni” saqlanayotgan Moʻyi muborak madrasasida ham boʻldilar. Delegatsiya aʼzolariga Hazrati Imom majmuasining tarixi va “Usmon Qurʼoni” haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtildi.

Bundan tashqari, delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markazida ham boʻlib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Eron parlamenti aʼzolarining tashrifi davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?