Eron Islom Respublikasi delegatsiyasi Shohi-Zinda kompleksida boʻldi

12:09 14 Iyul 2022 Siyosat
505 0

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati

Delegatsiya aʼzolarining navbatdagi manzili koʻhna Samarqandning janubiy qismida joylashgan — Shohi-Zinda kompleksida boʻldi.

Mazkur majmua Samarqand tarixining muhim bir qismidir. U shaharning milodiy asrning boshlaridan to XVII asrga qadar kechmishini aks ettiradi. Bu yerda salkam 20 asrlik tarix mujassam.

Delegatsiya aʼzolariga majmuaning tarixi haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Shohi Zinda majmuasining oʻziga xos yoʻlaklari va mahobatli binolari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?