Erkin kurashchilarimiz bronza medali uchun kurashadigan boʻldi
Bugun Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining saralash bosqichlarida ishtirok etgan erkin kurashchilarimiz Gʻulomjon Abdullayev (-57 kg) va Javrail Shapiyev (-86 kg) imkoniyatni boy berishgan edi. Ertaga ular bronza medali uchun kurashni davom ettiradigan boʻldilar. Bu haqda MOQ xabar berdi.
Boisi hamyurtlarimizni magʻlub etgan kurashchilar Zaur Uguyev (-57 kg) va Hasan Yazdani (-86 kg) finalga yoʻl olishdi. Bu borada vakillarimiz dastlab oʻtish bosqichidagi raqiblarini magʻlub etishi kerak. Demak, ertaga vakillarimizning oʻtish bosqichidagi va uni muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirlarida bronza medali uchun kurashadigan raqiblari quyidagicha:
-57 kg: Gʻulomjon Abdullayev / Tomas Gilman (AQSH) – Rizo Atri (Eron)
-86 kg: Javrail Shapiyev / Stefan Reyxmus (Shveysariya) – Artur Nayfonov (ROQ)
Shuningdek, ertaga -74 kg vazn toifasida yana bir vakilimiz Bekzod Abdurahmonov ham oʻz ishtirokini boshlaydi. Unga birinchi davrada Puerto-Riko vakili Franklin Gomes raqiblik qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring