Erkak oʻzi, turmush oʻrtogʻi va 3 farzandini yoqib yuborgani boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabzlik erkak avtomashinasida oʻziga qoʻshib 3 nafar farzandi va turmush oʻrtogʻini yoqib yuborgani va oilaning barcha aʼzosi vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi maʼlumot berdi.
"Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida, Shahrisabz shaharida yashagan N.S joriy yilning 30-iyul kuni turmush oʻrtogʻi Z.O va farzandlari bilan oʻziga tegishli boʻlgan avtomashinasida togʻasining uyidan oʻzining yashash uyiga qaytayotgan vaqtida avtomashinada turmush oʻrtogʻi Z.O bilan oʻzaro tortishib qolib, yoʻl chetida avtomashinasini toʻxtatib, avtomashina eshiklarini qulflab avtomashinada boʻlgan benzin yoqilgʻisini oʻzi, turmush oʻrtogʻi va farzandlarining ustiga sepib olov berib yoqib yuborgani aniqlangan.
Shundan soʻng, hodisa joyida yordamga yetib kelgan fuqarolarning koʻmagi bilan N.S. turmush oʻrtogʻi Z.O. oʻgʻli I.N va qizi S.K.lar tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan.
Biroq, fuqaro N.S.ning qizi Sh.K avtomashinada qolib ketganligi sababli hodisa joyida vafot etgan, N.S.ning oʻzi, turmush oʻrtogʻi Z.O. oʻgʻli I.N va qizi S.K.lar koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shu kuni tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimida vafot etishgan.
Mazkur holat yuzasidan yuzasidan Shahrisabz tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, oʻrganishlar davomida Shahrisabz shahar hokimining oʻrinbosari mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Sh.Raxmonova, shahar IIB boshligʻining oʻrinbosari N.Eshmurodov, Shahrisabz shahar “Guliston” mahalla fuqarolar yigʻini raisi X.Omonov va hudud profilaktika inspektori J.Muminovlar oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmaganligi, mazkur oilada sodir etilayotgan janjallarning tub sabablari oʻrganilmasdan uni bartaraf etish choralari koʻrilmaganligi aniqlanib, intizomiy javobgarlikka tortish haqida ish qoʻzgʻatildi", deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring