Yerevandagi savdo markazidagi portlash qurbonlari soni 16 kishiga yetdi

10:43 17 Avgust 2022 Dunyo
396 0

Foto: TASS

Yerevandagi Surmalu savdo markazidagi portlash qurbonlari soni 16 kishiga yetdi, deb xabar berdi “Interfaks”.

Halok boʻlganlar orasida homilador ayol va voyaga yetmagan bola ham bor. Ayni paytda 18 kishi bedarak yoʻqolganlar roʻyxatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi ularni topish ustida ishlamoqda.

Eslatib oʻtamiz, Surmalu savdo markazida pirotexnika vositalari saqlanadigan ombor portlab ketgan. Ikkita kuchli portlash natijasida yongʻin chiqqan, bino ham qulab tushgandi. 60 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?