Erdogʻan Shvetsiyaning NATOga qoʻshilishini qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortdi

Foto: Global Look Press
Turkiya endi Shvetsiyani NATOga aʼzo boʻlishini qoʻllab-quvvatlamaydi.
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi yaqinida Islom dinining muqaddas kitobi — Qurʼon yoqib yuborilishi bilan bogʻliq voqeadan soʻng Shvetsiya NATOga aʼzolik masalasida Turkiya yordamiga umid qila olmasligini aytdi.
“Shvetsiyadagi, hattoki diplomatik vakolatxonamiz yaqinidagi bu nopok harakatlar musulmonlar, umuman, barcha insonlar, barcha huquq va erkinliklarni haqorat qilish hisoblanadi”, dedi Turkiya prezidenti.
Uning soʻzlariga koʻra, Shvetsiya Shimoliy Atlantika alyansiga kirishda “endi yordam kutmasligi kerak”, chunki mamlakat “terrorchilarni qoʻllab-quvvatlashda davom etmoqda”.
Shu yilning 21-yanvar kuni Daniyaning Islom diniga qarshi “Stram Kurs” partiyasi rahbari Rasmus Paludan Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida Qurʼonni yoqib yubordi.
Aksiya shahar maʼmuriyati bilan kelishilgan va Paludan bunday chiqish uchun toʻlovni amalga oshirgan. Bundan tashqari, Stokgolm maʼmuriyati mahalliy kurdlarga ham namoyish oʻtkazishga ruxsat bergan va unda 50 ga yaqin odam yigʻilgan.
Aksiya tashkilotchisining soʻzlariga koʻra, u Turkiya Shvetsiyaning NATOga kirishiga toʻsqinlik qilayotganiga norozilik sifatida musulmonlarning muqaddas kitobini yoqib yuborgan. Avvalroq Stokgolmda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning haykali yoqib yuborilgan aksiya oʻtkazilgandi.
Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akarning aytishicha, turk hukumati Shvetsiya va Finlyandiya Anqara oldidagi majburiyatlarini bajarishini va bu kabi hodisalarga tugatishini kutmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring