Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi mumkinmi?

12:48 01 Fevral 2022 Jamiyat
967 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisi davom etmoqda. Majlisda “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.

Deputatlar tomonidan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqilgan loyihada jismoniy va yuridik shaxslarga egalik qilish, doimiy foydalanish yoki vaqtinchalik foydalanish huquqi bilan tegishli boʻlgan yer uchastkasi yoki uning bir qismi jamoat ehtiyojlari uchun olib koʻyilishi, ushbu yer uchastkasi va unda joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining huquq egalariga kompensatsiya berish tartib-taomillarini belgilash nazara tutilmoqda.

Aholi va tashabbuskorlarning eʼtiborini yer uchastkalari davlat ehtiyoji uchun emas, balki jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilayotganiga qaratish maqsadida qonunchilikda yer uchastkasini faqat jamoat ehtiyojlari uchun kompensatsiya evaziga olib qoʻyish mumkinligi belgilanmoqda.

Yer uchastkalarining kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga asos boʻladigan holatlarning roʻyxati qonun bilan belgilab qoʻyilyapti. Yer uchastkasini olib qoʻyish tashabbusi bilan chiqish hamda kompensatsiya toʻlash, huquq egasining obyektni boʻshatib berishidan to obyektni buzishgacha boʻlgan jarayonlarning aniq muddati va tartibi belgilanyapti.

Majlisda qonun loyihasini ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida ishchi guruh yigʻilishlarida deputatlar va mutaxassislardan kelib tushgan takliflar asosida loyihaga qator tuzatishlar kiritilgani aytildi. Xususan, hujjatda 7 ta asosiy tushuncha mavjud boʻlib, takliflar va tahlillar asosida bitta asosiy tushuncha chiqarildi va yangidan bitta tushuncha kiritildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?